“Dunyo” AA xabar berişiça, Travel Tomorrow boş muharriri Antonio Buskardini muallifligidagi materialda Özbekiston turizm rivojida yangi muhim bosqiçni belgilagani qayd etilgan. Maqolada 2026 yilda 12 million xorijiy mehmonni qabul qiliş rejasi 2026 yil Toşkentda bölib ötgan mehmonxona biznesi forumida alohida ta’kidlangani keltirilgan.
Naşr ma’lumotlariga köra, mamlakat sayyohlarni joylaştiriş infratuzilmasini faol kengaytirmoqda. Turizm qömitasi ma’lumotlari asosida sönggi yillarda mingdan ortiq yangi joylaştiriş vositalari — mehmonxonalar, xostellar va oilaviy mehmon uylari işga tuşirilgani ta’kidlangan.
Materialda Özbekistonda umumiy örinlar soni qariyb 185,6 ming bölgan 6 921 ta joylaştiriş vositasi faoliyat körsatayotgani qayd etiladi. Bu ösib borayotgan sayyohlar oqimini qabul qiliş bilan birga, xizmat sifati va hududlar kesimidagi imkoniyatlarni ham kengaytirişi aytilgan.
Şuningdek, Travel Tomorrow Özbekiston sayyohlik xaritasini Samarqand, Buxoro va Xiva kabi an’anaviy yönalişlardan taşqariga kengaytirib, Qaşqadaryo, Qoraqalpoğiston va Farğona vodiysi kabi hududlarni rivojlantirişga e’tibor qaratganini yozgan.
Raqamlaştiriş masalasiga ham urğu berilgan: maqolada sayyohlik tajribasini şaxsiylaştiriş, taşriflar oqimini optimallaştiriş va xizmatlar samaradorligini oşiriş uçun sun’iy intellekt hamda “aqlli” texnologiyalar joriy etilayotgani keltirilgan. Bu yondaşuv 2030 yilgaça har yili 20 million xorijiy sayyohni jalb qiliş maqsadiga erişişda muhim omil sifatida baholangan.
Içki turizm haqida ham ma’lumot keltirilib, 2025 yilda Travel Uzbekistan dasturi doirasida 23,7 milliondan ortiq içki sayohat amalga oşirilgani ta’kidlangan.
Naşr ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Özbekistonga xalqaro taşriflar soni qariyb 11 millionga yetgan, turizmdan olingan daromad esa 4,4 milliard AQŞ dollaridan oşgan. Maqolada barqaror investitsiyalar, yönalişlarni diversifikatsiya qiliş va raqamli texnologiyalarni joriy etiş orqali Özbekiston jahon bozorida raqobatbardoş sayyohlik yönalişi sifatida öz mavqeini mustahkamlayotgani xulosa qilingan.












