Belgiya sudi Rossiya QK Boş ştabi Boş boşqarmasining (avval “GRU” deb atalgan) ehtimoliy xodimi Viktor Labinni hibsda saqlaş (qamoqda qoldiriş) haqida qaror çiqardi. U Rossiya mudofaa sanoati uçun ölçaş maşinalarini eksport qilgani aytiladi. Bu haqda 19 fevral, payşanba kuni, The Insider naşri qirollikning federal prokuraturasi javobiga tayanib xabar berdi. Uşbu hujjatga köra, Belgiya politsiyasi Labinning uyida 2025 yil iyun oyida tintuv ötkazgan. Öşandan beri u sudni kutib hibsda saqlanmoqda. Uning işi böyiça birinçi majlis 26 fevral kuniga belgilangan.
Katta Labin The Insider’ning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi sabab ğarb joriy etgan sanksiyalarni aylanib ötiş sxemalari haqidagi tergovida figurant hisoblanadi. Aniqlanişiça, u Belgiyada öğillari Roman va Ruslan bilan birga biznes yuritgan va Groupe d'Investissement Financier kompaniyasining ta’sisçisi bölgan.
Uşbu kompaniya Rossiya harbiy pudratçilariga yuqori texnologik uskunalar yetkazib berişga ixtisoslaşgan. Tovarlarning yakuniy qabul qiluvçisi sifatida Moskvada röyxatdan ötgan “Sonatek” MÇJ körsatilgan, uning egalari ham Labinlar oilasi bölgan.
Moskvadagi firma Rossiya harbiy-sanoat majmuasining 18 ta korxonasiga mahsulot yetkazib beriş va uni texnik xizmat bilan ta’minlaş böyiça xizmatlar körsatgan. Viktor Labinning özi Moskvada, Narodnogo Opolçeniya köçasida joylaşgan GRU akademiyasi yotoqxonasida rasmiy propiskaga ega bölgan, keyin esa Zelenogradga köçgan — u yerdagi uylardagi ayrim kvartiralar harbiy xizmatçilarga berilgan.
Uning Yevropaga aniq qaçon köçib ötgani noma’lum, ammo 2000 yildan beri u Bryusselda Uinston Çerçill şohköçasida yaşab, tadbirkorlik bilan şuğullangani aniqlangan.












