Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga yetib bordi
O‘zbekiston prezidentini BAA vitse-prezidenti va boshqa rasmiylar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlat rahbarini Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 14 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.

BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
15 yanvar kuni oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026