Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Urgut tumani va Toshkent shahrida fuqarolarni Amerikaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kiradi va tanishlari orqali ularni AQShga ishga yuborishini aytadi.
Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming dollardan, jami 22 ming dollar so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15,4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida fuqaroni AQShga ishga yuborish evaziga 21 ming dollar talab qilib, 9 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026