Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining «Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar belgilanganligi munosabati bilan «Organik mahsulotlar va xomashyolar hamda organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Foto: Shutterstock
Hujjat bilan 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligini baholash mezonlari kuyidagilardan iborat:
- inson hayoti va sog‘lig‘i uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyali xavflar yo‘qligi;
- organik va organik-mineral o‘g‘itlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga salbiy ta’sirini bartaraf etish;
- toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga o‘ziga xos va uzoq muddatli ta’sirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).
Organik-mineral o‘g‘itlarning yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng o‘g‘it xavfsizlik pasportiga muvofiq yo‘q qilinadi.
O‘g‘itlar texnik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin texnologik qayta ishlanishi lozim.
Organik va organik-mineral o‘gitlar maxsus savdo shoxobchalarida sotilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.
Bir savdo bo‘limida organik va organik-mineral o‘g‘itlarni ular iste’mol xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlar qadoqlangan shaklda sotiladi.
Mavzuga oid
12:10 / 16.10.2025
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
12:12 / 15.10.2025
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari yig‘iladi
09:15 / 09.10.2025
AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi
20:33 / 12.09.2025