Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi
O‘tkazilgan krash-testlarda Xitoyning Zeekr X krossoveri elektromobillar orasida kutilmaganda birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Euro NCAP
Euro NCAP tashkiloti o‘tkazgan krash-testlar natijalariga muvofiq 2024 yilning eng xavfsiz yengil avtomobillari aniqlandi, deb xabar bermoqda Motor.
“Eng xavfsiz elektromobil” nominatsiyasida Zeekr X krossoveri g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, ushbu model kichik krossoverlar sinfidagi eng yaxshi avtomobil sifatida tan olindi.
Tashkilot Mazda CX-80 modelini eng xavfsiz yirik krossover sifatida e’tirof etdi. Katta oilaviy avtomobillar reytingida Skoda Superb yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Mutaxassislar, shuningdek, Xitoyning Maxus eTerron 9 rusumli avtomobili yuqori darajada xavfsiz ekanini alohida ta’kidladi.
Toifalardan qat’i nazar, Mercedes-Benz E-Class mutlaq g‘olib deb topildi.
Euro NCAP — avtomobillarning faol va passiv xavfsizligini baholab, mustaqil tarzda krash-testlar o‘tkazadigan Yevropa tashkilotidir.
Avvalroq Aito M9 krossoveri Xitoyning eng xavfsiz avtomobili sifatida tan olingandi.
C-NCAP uslubi bo‘yicha o‘tkazilgan sinovda ushbu avtomobil xavfsizlik bo‘yicha 93,9 ball to‘plagan. Aito M9 modelida haydovchi va katta yoshli yo‘lovchilar xavfsizligi 96,98 foiz darajada baholandi. Piyodalar xavfsizligi 75,38 foizni tashkil etdi, faol xavfsizlik tizimlarining samaradorligi esa 97,79 foiz deb topildi.
Renault Logan avtomobili esa Janubiy Amerikaning Latin NCAP tashkiloti tomonidan tashkil etilgan krash-testdan o‘ta olmagan. Sinov yakunida mashina xavfsizlik uchun beriladigan beshta yulduzdan nol olgan.
Xususan, unda haydovchi va katta yoshli yo‘lovchilarning xavfsizligi 32,8 foiz, bolalarniki 61,2 foiz, piyodalarniki esa 46,3 foiz deb baholangan. Faol xavfsizlik tizimlarining ishlashi 0 ga teng bo‘lgan. Bundan tashqari, yon tomondan zarba berilganda kuzov yuklamaga bardosh bera olmagan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi
Sport | 02:11
-
NATO Germaniyadan yana 40 ming harbiy xizmatchi so‘ramoqchi - Reuters
Jahon | 01:39
-
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi
Jahon | 00:19
-
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 00:17
Mavzuga oid

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025