Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Kaluga yaqinidagi «Rosneft» neft bazasini yo‘q qildi
Ukraina dronlari Kaluga oblasti Lyudinovo shahridagi «Rosneft» neft bazasiga zarba berdi. Zavodda yong‘in boshlandi.
Foto: Videodan kadr
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Kaluga oblasti Lyudinovo shahridagi neft omboriga hujum qildi. Zarbadan keyin u yerda yong‘in boshlandi, deb xabar berdi Kaluga gubernatori Vladislav Shapsha 18 yanvar, shanbaga o‘tar kechasi o‘zining Telegram-kanalida.
«Lyudinovo shahrida UUA hujumi natijasida sanoat korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyida tezkor guruh va qutqaruv xizmati xodimlari ishlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q», deb yozdi rasmiy.
Lyudinovo rayoni rahbari Stefan Perevalov VK'da qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini, yong‘in tarqalishi xavfi mavjud emasligini tasdiqladi.
Rossiyaning anonim Telegram-kanallari Lyudinovodagi neft bazasidagi yirik yong‘in ko‘rinib turgan videoni e’lon qildi. Uning hududidan tutun ustuni osmonga ko‘tarilyapti. Rossiya xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan «VChK-OGPU» Telegram-kanali tomonidan bir nechta videolar e’lon qilingan.
Lyudinovodagi neft bazasiga avval ham hujum qilingan
Lyudinovo shahridan Ukraina bilan chegaragacha taxminan 170 km. Rossiyaning Neftegaz sanoat portali ma’lumotlariga ko‘ra, «Rosneft»ning shu’ba korxonasi «Kaluganefteprodukt» neft bazasi Lyudinovoda joylashgan. Umumiy hajmi 6700 kub metr bo‘lgan to‘qqizta rezervuar mavjud. U yerda AI-92 va AI-95 benzini, shuningdek, dizel yonilg‘isi saqlanadi. Neft bazasi yonida «Rosneft» yonilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan.
Mahalliy «iLyudinovo» portali yozganidek, neft omboriga avvalroq ham uchuvchisiz uchoqlar hujum qilgan. Masalan, 2024 yil 28 aprelda. O‘sha paytda rezervuarning tashqi korpusi shikastlangan, ammo vayronagarchilik bo‘lmagan. Neftegaz ma’lumotlariga ko‘ra, Lyudinovoda dron hodisalari 2024 yilning 16 noyabr va 23 dekabr kunlari ham qayd etilgan.
Mavzuga oid
13:21 / 23.12.2025
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03 / 23.12.2025
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
10:31 / 23.12.2025
RF dronlari Odessadagi port infratuzilmasiga zarar yetkazdi
20:13 / 22.12.2025