Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi
Mazkur tizim 2025 yil 1 fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.
“2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- 2025 yil 1 fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi;
- 2025 yil 1 maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Mazkur tizim 2025 yil 1 fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.
Mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:47 / 02.04.2026
100 yil oldingi tashabbuslar: jadidlar kambag‘allikka qarshi qanday kurashgan edi?
15:51 / 05.03.2026
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m deb belgilandi
14:59 / 31.01.2026
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima?
14:18 / 02.01.2026