Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chada kobra bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi
Aniqlanishicha, holat Piskent tumanidagi bog‘chada sodir bo‘lgan. «Toshkent» havaskorlik sirk jamoasi namoyishlar dasturida hayvonlar bilan sahna ko‘rinishlari bo‘lishini ko‘rsatmagan. Ammo bog‘chaga tashrif davomida xavfli jonzotlar bilan o‘yin namoyish etilgan.
Bog‘chada bolalarga kobra bilan tomosha ko‘rsatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat Piskent tumanidagi 7-sonli bog‘chada sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilgani va bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmagani aks etgan.
Tomoshalar Olmaliq shahar «Kumush diyor» xususiy korxonasi tasarrufidagi «Toshkent» havaskorlik sirk jamoasi xodimi H.A. tomonidan uyushtirilgan. Mazkur shaxs o‘quv yili avvalida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ta’lim tizimidagi muassasalarga sirk tomoshalarini namoyish qilish bo‘yicha xat va dastur bilan murojaat qilgan. Mas’ullar tomonidan ushbu tomoshalarga ruxsat berilgan.
Namoyishlar dasturida hayvonlar bilan sahna ko‘rinishlari ko‘rsatilmagan. H.A. 16 yanvar kuni tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan jonzotlar bilan o‘yin ko‘rsatgan.
«Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. Ishchi guruh xulosasi bilan holatga bevosita mas’ul bo‘lgan, e’tiborsizlik qilgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi», — deyiladi munosabatda.
Ta’kidlanishicha, ichki ishlar organlari tomonidan ham mazkur holat to‘liq nazoratga olingan.
Mavzuga oid
12:53 / 11.06.2026
Mashinada unutib qoldirilgan bog‘cha bolasi dimiqib vafot etdi. Bu Qashqadaryoda bir yil ichidagi ikkinchi shunday hodisa
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
20:48 / 06.05.2026