Finlandiyada issiq suvni saqlovchi ulkan omborlarni qurish boshlandi
Suvni saqlash minoralari ko‘rinishidagi omborlar balandligi 40 metrga yetadi. Bunday inshootlardagi suv elektr energiyasi narxi tushganida isitiladi va elektr narxi qimmatlashganda markazlashtirilgan isitish tizimi tarmog‘iga qaytariladi.

Foto: Shutterstock
Finlandiyada issiq suvni saqlash uchun ulkan suv minoralari ko‘rinishidagi omborlar qurilmoqda. Bu energetika kompaniyalariga elektr energiyasi narxi o‘zgarib turishidan foyda olish imkonini beradi.
Bunday inshootlardagi suv elektr energiyasi narxi tushganida isitiladi va elektr narxi qimmatlashganda markazlashtirilgan isitish tizimi tarmog‘iga qaytariladi.
Bu turdagi suv omborlaridan birining hajmi 10 ming metr kub bo‘lib, tez orada Lappeyenrantada foydalanishga topshiriladi. Balandligi 40 metrni tashkil etuvchi izolyatsiya qilingan po‘lat rezervuar xuddi ulkan termos kabi ishlaydi. Uning qiymati qariyb 5 million yevroni tashkil etadi.
Lappeenrannan Energia kompaniyasi bosh direktori Arto Nikkanenning aytishicha, bu kompaniyaga sezilarli darajada iqtisod qilish imkoniyatini beradi va ko‘mir narxining oshishi hamda boshqa omillar sabab qimmatlashgan elektr energiyasi narxiga bosimni kamaytirishga xizmat qiladi.
Finnish Energy ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bu kabi tizimdan 30 ga yaqin energetika kompaniyasi foydalanmoqda.
Ta’kidlanishicha, issiq suv omborlariga investitsiya kiritish, shuningdek, Rossiya bilan chegaralar yopilganidan keyin qariyb ikki barobarga qimmatlashgan bioyonilg‘i narxini barqarorlashtirishga ham yordam beradi. Nikkanenning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning yillik iqtisodi 100 minglab yevroni tashkil etadi va bu xarajatlarni barqarorlashtirib, iste’molchilarni narx keskin oshishidan himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida
Jamiyat | 17:00
-
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 16:30
-
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:26
-
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:25
Mavzuga oid

00:25 / 17.03.2025
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

18:05 / 17.02.2025
Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi panjaralar qurilishini muddatidan oldin yakunlaydi

09:43 / 10.02.2025