Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning tashabbusi qarshilikka uchradi. Sud tug‘ilganlik asosida AQSh fuqaroligini berishni to‘xtatish haqidagi farmonni blokladi
22 shtat AQSh sudlariga noqonuniy muhojirlarning farzandlariga fuqarolik bermaslikni taklif qiluvchi Trampning farmoniga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.
Sietl okrug sudi prezident Donald Trampning tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni cheklovchi farmonini vaqtincha blokladi. Bu haqda 23 yanvar, payshanba kuni CNN xabar berdi. «Men qirq yildan ko‘proq vaqt davomida sudyalikda o‘tiribman. Savol shu qadar aniq bo‘lganini boshqa vaqt eslay olmayman», dedi sudya Jon Kofenur qarorida.
Sudya Vashington, Illinoys, Oregon va Arizona shtatlari vakillarining iltimosini qanoatlantirib, prezidentning farmonini ochiqdan ochiq konstitutsiyaga zid deb atadi. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, Oq uy rahbari 1868 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan 14-tuzatishni buzmoqda.
Tramp inauguratsiya kuni imzolagan farmon matniga ko‘ra, agar bola tug‘ilganda chet ellik ota-onasi noqonuniy ravishda yoki faqat vaqtinchalik yashash uchun hujjatlar, shu jumladan turistik yoki ish vizasi bilan AQShda bo‘lgan bo‘lsa, bola tug‘ilishi bilan AQSh fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Ertasi kuni 22 shtat rasmiylari Trampning farmoniga e’tiroz bildirish uchun AQSh sudlariga murojaat qildi. 18 shtat va Kolumbiya okrugi Massachusets sudiga, yana to‘rt shtat Vashington shtati sudiga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026
Tramp: Eron bilan kelishuv hali yakunlangan emas
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
23:07 / 17.06.2026