Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘mak berildi
Novosibirskdagi bosh konsulxona ularga zarur hujjatlarni tayyorlab bergan. Migratsiya agentligi esa Toshkentgacha chipta xaridida ko‘maklashgan.
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Tiva Respublikasida vaqtincha ishlayotgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklar yashab kelgan joyda sodir bo‘lgan kuchli yong‘in oqibatida ularning hujjatlari, shu jumladan, pasportlari yo‘qolgan.
Diplomatlar tomonidan to‘rt nafar yurtdoshimizning O‘zbekistonga qaytishi uchun guvohnoma va boshqa zarur hujjatlar tezkorlik bilan rasmiylashtirilgan.
Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan esa "Novosibirsk-Toshkent" yo‘nalishi parvoz qiladigan samolyotga chipta xarid qilingan. Ular shu 2025 yil 25 yanvar kuni Toshkentga kuzatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:04 / 15.11.2025
Yagona portal ma’lumotlari qog‘oz hujjatlar bilan teng yuridik kuchga ega bo‘ldi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025