Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
Haydovchi mashinani tez boshqarib, keskin burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 6 yanvar kuni soat 21:20 larda sodir bo‘lgan. Qo‘shrabot tumani Yuqori Saroy mahallasi hududidan o‘tgan ichki yo‘lda haydovchi Damas mashinasi boshquruvini yo‘qotgan.
Mashina ag‘darilib ketgan va haydovchi tan jarohatlari olgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan mahallada viloyat IIB YHXB mutasaddilari va jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
09:42
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026