Sport | 16:46 / 26.01.2025
2910
1 daqiqa o‘qiladi

Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

23 yoshli italiyalik tennischi Avstraliyadagi nufuzli turnirda ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, italiyalik Yannik Sinner Melburnda bo‘lib o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open 2025 turnirida g‘olib chiqdi.

Finalda u dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi, germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun keldi – 6:3, 7:6 (7:4), 6:3.

Uchrashuv 2 soat 42 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, 23 yoshli italiyalik Avstraliyadagi turnirda ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, 2024 yilda u yana bir «Katta dubulg‘a» musobaqasi – AQShda bo‘lib o‘tgan US Open turniri g‘olibi bo‘lgan.

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlar turkumi tennisdagi eng nufuzli hisoblanadi va to‘rtta musobaqani birlashtiradi: Australian Open, France Open (Roland Garros) va US Open, shuningdek Buyuk Britaniyadagi Wimbledon turniri.

Mavzuga oid