Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekiston mahsulotlarini sertifikatlashga ko‘maklashadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Intertek kompaniyasining hukumat va savdo xizmatlari bo‘yicha bosh menejeri Irina Berenvald bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Intertek Group plc 1885 yilda London shahrida tashkil etilgan. Kompaniya o‘tgan davr mobaynida neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, qurilish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta’minlash va standartlashtirish sohasida jahondagi yetakchilardan biri sifatida nom qozondi. Uning 100 dan ortiq mamlakatlarda mingdan ortiq ofislari, laboratoriyalari va sertifikatsiya markazlari mavjud.
Muloqot chog‘ida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish maqsadida Intertek kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, yorliqlash va o‘rash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Irina Berenvald 2024 yilda Toshkent qilgan amaliy safari yakunlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, Intertek kompaniyasi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumni amalga tatbiq etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Intertek kompaniyasi o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
22:24 / 01.03.2026