Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqida sun’iy intellektdan foydalanish qoidalari kuchga kirdi
YeIning sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonuni - SIdan foydalanish bo‘yicha dunyodagi birinchi xalqaro qonunchilik akti hisoblanadi. 2 fevraldan boshlab qat’iy qoidalar kuchga kirmoqda.
Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqida sun’iy intellektdan (SI) foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Unga ko‘ra, 2 fevraldan boshlab xavfsizlik, inson sog‘lig‘i yoki huquqlari «tahdid» tug‘diradigan sun’iy intellekt tizimlari taqiqlanadi.
Xususan, Yevropa Ittifoqida insonning ijtimoiy xulq-atvorini nazorat qiladigan SI dasturlardan foydalanish taqiqlanadi. «Ijtimoiy reyting» nomli bu kabi usuldan masalan, Xitoy foydalanib keladi. YeIda shuningdek, ish joylari yoki ta’lim muassasalarida fuqarolarning hissiyotlarini kuzatishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari, SIni yaratadigan yoki undan foydalanadigan kompaniyalar o‘z tizimlarining tahdid darajasini baholashlari va qonunchilik talablariga muvofiq chora ko‘rishlari kerak bo‘ladi.
Yevrokomissiya bayonotiga ko‘ra, yangi qoidalarning maqsadi — faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish emas, balki SIdan foydalanish rejimini ta’minlashdan ham iborat.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevropa markaziy banki prezidenti Kristin Lagard o‘z bloglaridan Yevropaning raqobatbardoshligi xavf ostida ekanini tan olgan. «Dunyoda sun’iy intellekt sohasida inqilob yuz berayotgan bir paytda YeIning chetda qolib ketish xavfi bor», — deb yozadi ular.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq xatarlardan ogohlantirgan edi. Uning aytishicha, sun’iy intellekt imkoniyatlari juda notekis taqsimlangan. Ko‘plab mamlakatlar SI instrumentlaridan foydalanishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda.
Mavzuga oid
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
16:05 / 20.12.2025