Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi magistral gaz quvurlarida bosim pasayadi
«Hududgazta’minot» gaz quvurlarida avariya holati yuzaga kelgani, shu bois ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, UzGasTrade AJ tomonidan gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi yuzasidan ogohlantirish berilgan.
Shu munosabat bilan birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini inobatga olgan holda 3 fevral kuni ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritilgan.
«Ayni vaqtda avariya holati bartaraf etilgan va gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, UzGasTrade — tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlangan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
11:12 / 21.04.2026