Gurjiston o‘z delegatsiyasini YeK Parlament assambleyasidan chaqirib oldi
Gurjiston delegatsiyasi a’zolari o‘z vakolatlarini tugatish yuzasidan Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi raisiga murojaat qildi.

Foto: REUTERS/ Arnd Wiegmann
Gurjiston hukumati Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (YeKPA)dagi o‘z delegatsiyasi a’zolarini chaqirib oldi. Bu haqda Gurjiston parlamenti raisi Shalva Papuashvili 3 fevral, dushanba kuni qonun chiqaruvchi organ byurosi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«Biz Yevropa Kengashi Parlament assambleyasidan demokratiya va suverenitetni hurmat qilishga asoslangan o‘zining asosiy qadriyatlariga qaytishini kutamiz», — deya Papuashvilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Gurjiston matbuoti. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gurjiston delegatsiyasi a’zolari allaqachon Yevropa Assambleyasi raisi Teodor Russopulosga tegishli so‘rov yuborgan.
YeKPA Gurjistonning ba’zi huquqlarini «to‘xtatib turish»ga qaror qildi
29 yanvar kuni Gurjistonning Strasburgdagi vakillari mamlakat o‘z delegatsiyasining assambleyadagi huquqlari cheklanishiga javoban YeKPAdagi faoliyatini to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Bu qadam shu kuni Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining Gurjiston delegatsiyasi a’zolarining ayrim huquqlarini «to‘xtatib turish» to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bo‘ldi. Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi tomonidan Gurjistonda sodir bo‘layotgan inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishini qoralash to‘g‘risida qaror chiqarildi.
Shu bilan birga, Assambleya Gurjiston deputatlari vakolatlari to‘g‘risidagi masalani YeKPAning aprel oyidagi sessiyasida qayta ko‘rib chiqishga tayyor edi, lekin faqat Gurjiston rasmiylari rezolyutsiyada belgilangan bir qator bandlarni amalga oshirish sharti bilan. Ular orasida yaqin oylarda parlamentga takroriy saylovlar o‘tkazish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi, Gurjistonning Yevropa integratsiyasi jarayoni qayta tiklanishi va barcha siyosiy mahbuslarning ozod etilishi bor.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

11:51 / 11.04.2025
YeK rahbari: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bigtex zarar ko‘radi

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi

16:59 / 06.03.2025