Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Myunxenda Ukrainadagi urushni tugatish rejasini e’lon qiladi
Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasi Myunxen xavfsizlik konferensiyasida taqdim etiladi. Uni AQShning Ukrainadagi maxsus elchisi Kit Kellog taqdim etadi.
AQSh ittifoqchilari Amerika prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasini taqdim etishini kutishmoqda, deb xabar berdi Bloomberg 5 fevral, chorshanba kuni manbalarga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlari reja qanchalik batafsil taqdim etilishi va uning taqdimoti qanday formatda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmadi. Biroq, Kellog va boshqa rasmiylarning so‘nggi haftalardagi izohlari va ommaviy bayonotlari rejaning «kuch orqali tinchlik» tamoyiliga, ya’ni urishayotgan tomonlarni sulhga majburlash tamoyiliga asoslanishini aniq ko‘rsatmoqda.
Mojaroni muzlatish
Bloomberg yozganidek, Trampning rejasi mojaroning potensial muzlatilishini va Rossiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan Ukraina hududini Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bilan «mavhum holatda» ushlab turishni nazarda tutadi. Bu kafolatlar aynan qanday bo‘lishi aniqlanmagan.
Kellogning o‘zi avvalroq X ijtimoiy tarmog‘ida Myunxen konferensiyasida ishtirok etishi va Trampning Ukrainadagi «qonli va qimmat» urushni tugatish maqsadi haqida gapirish imkoniyatini «intiqlik bilan» kutayotgani haqida yozgan edi. «Amerikaning biz bilan ishlashga tayyor ittifoqchilari bilan uchrashaman», deb yozgan maxsus vakil.
Avvalroq Amerikaning NBC News telekanali o‘z manbalariga tayanib, AQSh prezidenti ma’muriyati Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilish borasida ikkiga bo‘lingani haqida xabar bergan edi. Tramp jamoasining bir qismi Moskvaga Rossiyaning olg‘a siljishini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish tarafdori, bu g‘oyani Kellog va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo Ukrainaga yordamni qisqartirishni yoqlayotganlar ham bor. NBC Tramp jamoasidan kim bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashiga aniqlik kiritmadi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026