Suriya hukumati Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish shartlarini aytdi
Mudofaa vaziriga ko‘ra, Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin Rossiyaning yangi hukumatga nisbatan munosabati «sezilarli darajada yaxshilangan». Agar RFning mamlakatdagi harbiy bazalari Suriya manfaatlariga javob bersa, ular saqlab qolinishi mumkin.

Foto: AFP/Getty Images
Suriya mudofaa vaziri Murhef Abu Qasra mamlakatning yangi hukumati Rossiya harbiy bazalarini agar ular Suriya manfaatlariga javob bersa, saqlab qolishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda vazir The Washington Post’ga bergan intervyusida ta’kidladi.
«Agar biz bundan Suriya uchun foyda ko‘rsak, unda ha», — degan Qasra Rossiya bazalarini saqlab qolish to‘g‘risidagi savolga javoban.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil dekabr oyida Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin Rossiyaning yangi hukumatga nisbatan munosabati «sezilarli darajada yaxshilangan». «Siyosatda doimiy dushmanlar yo‘q», — deydi Abu Qasra.
The Washington Post’ning qayd etishicha, Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga «ular juda qattiq xohlayotgan narsa» — Bashar Asadni topshirishi mumkin. Mudofaa vaziri Suriya hukumati Moskva bilan muzokaralarda Asadning topshirilishini so‘ragan yoki so‘ramaganini tasdiqlamagan. Shu bilan birga, muzokaralarda Asadni javobgarlikka tortish masalasi muhokama qilinganini bildirgan.
«Bashar Asad Rossiyaga ketishga qaror qilganida, u bizni RF hukumati bilan kelisha olmaydi deb o‘ylagan. Ehtimol, Rossiya bilan munosabatlar shu tarzda qayta tiklanar, u birinchi navbatda Suriya manfaatlariga javob berishi kerak, keyin esa ularning», — deydi vazir.
Murhef Abu Qasraning qo‘shimcha qilishicha, Suriya hukumati mamlakatdagi AQSh va Turkiya harbiy bazalarining maqomi to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bilan yangi kelishuv mamlakatdagi turk qo‘shinlarini qisqartirish yoki «qayta taqsimlash»ni talab etishi mumkin. AQShning Suriya shimoli-sharqidagi ishtiroki «muhokama jarayonida turibdi».
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning rasmiy delegatsiyasi 28 yanvarda Suriyaga borgandi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev Damashqda muzokaralar o‘tkazgan. Bu Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Rossiya rasmiylarining ilk rasmiy tashrifidir.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
-
Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti
O‘zbekiston | 17:00
-
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi
Fan-texnika | 16:59
-
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston | 16:16
Mavzuga oid

16:59 / 14.03.2025
Suriyaning yangi prezidenti 5 yillik o‘tish davri uchun konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi

14:23 / 13.03.2025
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025