Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat chegarasidan navbatsiz o‘tish qancha turadi?
Vazirlar Mahkamasining «Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Jismoniy shaxslarning davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanishida Fast-track xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat chegarasidan navbatsiz o‘tish xizmatidan foydalanish uchun har bir voyaga yetgan shaxs uchun BHMning 15 foizi miqdorida to‘lov undiriladi. Xizmat 2025 yil 1 maydan ishga tushadi.
Mazkur xizmatdan foydalanishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:
- transport vositalarida chegarani kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yo‘lak;
- ona-bola xonasi;
- namozxona;
- sanuzel;
- taom va ichimliklar xarid qilish burchagi (bar);
- shaxslarning dam olishi va ovqatlanishi uchun VIP zal (yumshoq o‘rindiq va stol-stullar, televizor, bepul Wi-Fi hududlari hamda boshqalar bilan jihozlangan).
Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Bojxona qo‘mitasining saytida ro‘yxatdan o‘tib, chegarani kesib o‘tish joyi, sanasi va taxminiy vaqtini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish lozim.
Shuningdek "Elektron navbat" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026