HAMAS Isroilni tinchlik sulhini buzishda aybladi
HAMAS guruhiga ko‘ra, Isroil tomoni G‘azo sektorining shimoliy qismida yashovchi aholining uyiga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois garovdagi isroilliklarni ozod etish jarayoni bekor qilinadi.

Foto: Reuters
HAMAS garovda saqlanayotgan Isroil fuqarolarining navbatdagi guruhini ozod etish jarayonini bekor qildi, deb xabar beradi The Jerusalem Post.
Garovdagilar va falastinlik mahbuslar almashinuvi bo‘yicha navbatdagi jarayon 15 fevral kuniga rejalashtirilgan edi.
HAMAS ushbu qarorni Isroil tomoni tinchlik sulhini buzgani sabab qabul qilganini bildirgan. Ta’kidlanishicha, Isroil G‘azo sektorining shimoliy qismida yashovchi aholining uyiga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda, shuningdek, mintaqaga gumanitar yordamlarni kiritmayapti.
HAMAS va Isroil o‘rtasidagi tinchlik sulhi 19 yanvardan kuchga kirgan. Uning 42 kun davom etadigan birinchi bosqichida HAMAS garovga olingan 33 kishini qo‘yib yuboradi, Isroil bo‘lsa 1,9 mingdan ziyod mahbusni ozod etadi va G‘azo sektoridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlaydi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni oxiriga yetkazish, garovdagilarning barchasi ozod qilingach HAMAS yo‘q qilinishiga va’da bergandi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa bir necha bor falastinliklar G‘azo sektoridan qo‘shni arab mamlakatlariga ko‘chirilishi, sektor hududi AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

23:07 / 21.05.2025
Isroil sudi hukumatning ShABAK rahbarini lavozimdan olish qarorini noqonuniy deb topdi

17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?

13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi

10:39 / 20.05.2025