Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi
Ular o‘ta maxfiy hisoblanadi va hech qachon oshkor etilmagan.

Foto: EPA
AQSh Federal tergov byurosi (FTB) sobiq prezident Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 2400 ga yaqin maxfiy hujjatni topdi, deb xabar berdi Axios.
Nashrning yozishicha, FTB ilgari ularni tahlil qilish va chop etish uchun mas’ul komissiyaga topshirmagan. Hujjatlar tergov davomida tuzilgan 14 ming betlik jinoiy ish tafsilotlarining bir qismidir. Ular o‘ta maxfiy hisoblanadi va hech qachon oshkor etilmagan.
Kennedi ishi bo‘yicha materiallarning eng katta onlayn arxiviga ega Mary Ferrell jamg‘armasi vitse-prezidenti Jyefferson Morli bu faktni «muhim voqea» deb atadi va bu FTB suiqasd holatlarini o‘rganishdagi jiddiyligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Avvalroq, 23 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Jon Kennedi o‘ldirilishi bilan bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Farmonga ko‘ra, nafaqat Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq materiallar, balki uning ukasi Robert Kennedi, shuningdek, Martin Lyuter King o‘limiga oid hujjatlar ham ommaga oshkor qilinishi kerak.
AQSh 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda (Texas shtati) o‘ldirilgan. U ochiq limuzinda ketayotib, miltiqdan o‘q yeb, halok bo‘ldi. Rasmiy tergov qotil Li Harvi Osvald ekanini e’lon qildi, u yolg‘iz harakat qilgani aytildi. Biroq, bu jinoyatda boshqa shaxslar yoki guruhlarning ishtiroki haqida ko‘plab fitna nazariyalari mavjud.
Kennedi o‘limi bilan bog‘liq tergov hujjatlari 2017 yilda oshkor qilinishi lozim edi. Ammo Tramp prezidentligining birinchi muddatida bu jarayonni MRB tavsiyasiga ko‘ra kechiktirdi. Hujjatlar hamon maxfiyligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Dalillar barcha teraktlar Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilganini ko‘rsatmoqda». Bastrikin - Kursk va Bryansk oblastlaridagi portlashlar haqida
Jahon | 20:04
-
iHamkor startaplar uchun biznes ma’lumotlaridan bepul foydalanish dasturini ishga tushirmoqda
Jamiyat | 20:00
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
Mavzuga oid

18:15
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda

15:30
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

14:50
Kellog: AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari tayyor bo‘ldi

21:06 / 03.06.2025