Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Delegatsiya rahbari Maksim Oreshkin O‘zbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin O‘zbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida o‘tgan yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va boshqa oliy darajadagi muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ga muvofiq amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
«Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’atini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi va elektron tijorat loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, suv xo‘jaligi, oliy ta’lim va muhandis kadrlar tayyorlash, sun’iy intellekt, madaniy almashinuv va sport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025