“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda nafaqat sport, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.
Aholi o‘rtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va shakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta o‘limga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi.
Mutasaddilarga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yo‘nalishda xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.
Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qo‘yish zarurligi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta ko‘rib chiqib, bugungi zamon talablariga moslashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlari, sport sohasi vakillarining takliflari tinglandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
O‘zbekiston | 22:05
-
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 22:03
-
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi
Jahon | 22:02
-
Belarusda josuslikda ayblangan Yaponiya fuqarosiga hukm o‘qildi
Jahon | 21:35
Mavzuga oid

19:27
Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi a’zosi Kerol Millerni qabul qildi

16:55
9 mingta uy-joy va bino yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi

18:12 / 14.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi

11:51 / 14.03.2025