Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent bozorlarida patta narxlari oshdi
Poytaxt hududidagi bozorlardagi bir martalik yig‘imlar, Sergeli mashina bozori, O‘rikzor savdo kompleksida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yig‘im va ijara to‘lovlari hamda inventarlar ijarasi uchun yangi to‘lov miqdorlari belgilandi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Poytaxt hududidagi bozorlardagi bir martalik yig‘imlar, Sergeli mashina bozori, O‘rikzor savdo kompleksida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yig‘im va ijara to‘lovlari hamda inventarlar ijarasi uchun yangi to‘lov miqdorlari belgilandi.
Yangi patta narxlarining miqdori quyidagicha o‘zgardi (narxlar 1 o‘rin/1 kun uchun):
- ho‘l mevalar – 18 000 so‘m (avval 15 000 so‘m);
- sitrus va tropik mevalar – 39 000 so‘m (avval 32 000 so‘m);
- quruq mevalar – 40 000 so‘m (avval 33 000 so‘m);
- sut mahsulotlari – 15 000 so‘m (avval 18 000 so‘m);
- poliz mahsulotlari – 34 000 so‘m (avval 28 000 so‘m);
- go‘sht mahsulotlari – 42 000 so‘m (avval 35 000 so‘m).
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026