Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xitoyliklar miting o‘tkazgani rad etildi
IIV raddiyasiga ko‘ra, Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan ommaviy yugurish tadbiri o‘tkazgan.
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Milliy bog‘da Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan miting o‘tkazmagan. Bu haqda IIV ma’lumotiga tayanib O‘zA xabar berdi.
«15 fevral kuni Huawei kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aksiyasini o‘tkazganlar. Bannerlarda xitoy tilida «Sport sog‘liq garovi, siz ham yugurib sog‘lom bo‘ling. Bizning ham idora va tashkilotlar o‘rnak olsa arziydigan tadbir ekanligini e’tirof etamiz», deyiladi xabarda.
15 fevral kuni tongda Milliy bog‘ hududida Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan ommaviy tadbir o‘tkazgani, shiorlarda «Biz kuchlimiz» degan yozuv borligi, hududni qo‘riqlayotgan Milliy gvardiya ham, Toshkent shahar hokimligi va IIBB ham holatdan bexabarligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026