Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi
U namanganlik yirik tadbirkorlardan biri Bahodir Abdullayevning besh nafar qiz farzandidan kenjasi edi.

Foto: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.
Uning vafoti sabablari keltirilmadi. U katta ehtimol bilan xastalik (meningit) bilan kurashib kelgan.
Shirin Abdullayeva 2005 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Qo‘shiqchi 2023 yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangandi.
U respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashgan, shuningdek, kinoda ham suratga tushgan. Uning «Lo‘li», «Metro», «Bezori» va boshqa qo‘shiqlari YouTube`da millionlab marta ko‘rilgan.
Shirin Abdullayeva tadbirkor, tarkibida 20 dan ortiq korxonani birlashtirgan BA Holding ta’sischisi Bahodir Abdullayevning besh nafar qiz farzandidan eng kenjasi bo‘lib, otasi qizi haqida YouTube’dagi Jahongir Latipov blogiga bergan intervyusida gapirib o‘tgandi.
«[4 qizdan keyin] 5-farzandni UZIda o‘g‘il bola deyishgan. Shuning uchun o‘g‘il bola kutganmiz. Ko‘proq onasi o‘g‘il xohlagan. Tug‘uruqxona tashqarisida kutib turibmiz, hamshira qiz chiqib, «Bahodir aka, qiz muborak bo‘lsin!» deganda kulib yubordim, xursand bo‘lib ketdim. Nega ekanini o‘zim ham bilmayman…
Ichkariga kirib, onasi, muborak bo‘lsin qiz farzand, desam, yig‘lab, teskari qarab olgan. Meni xafa bo‘ldi deb o‘ylagan ekan. Men esa unga bunday qilmaslikni, mingdan ming rozi ekanimni aytganman. Hali ko‘rasan, 4 ta qizingdan ham zo‘r bo‘ladi shu kenja qizing, deganman. Mana, opalaridan kam bo‘lmadi», — deb eslaydi Abdullayev qizining tug‘ilishini.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orban YeIning barcha 27 davlatining Ukraina bo‘yicha deklaratsiyasini blokladi
Jahon | 09:59
-
Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi
Jahon | 09:33
-
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:24
-
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

20:30 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

17:09 / 03.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi

20:01 / 01.11.2024