Avstriyada Suriya fuqarosi pichoq bilan odamlarga hujum qildi
Hodisa oqibatida bir o‘smir halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa bir suriyalik jinoyatchini qo‘lga olishga yordam bergan.

Foto: Getty images
Avstriya janubidagi Fillax shahrida yuz bergan qurolli hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va besh kishi jarohat oldi, deb yozadi BBC News.
Avstriya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 fevral kuni shahar markaziy maydonida noma’lum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qilgan. Hodisa oqibatida 14 yoshli o‘smir halok bo‘lgan. Shuningdek, 14-32 yosh oralig‘idagi besh kishi ham yaralangan bo‘lib, ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Jinoyatni sodir etishda gumonlangan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u 23 yoshli suriyalik qochoq bo‘lib, Avstriyadan siyosiy boshpana so‘ragan va mamlakatda yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega. Yigit nima sababdan bunday jinoyatga qo‘l urgani noma’lum.
Hujum qilgan shaxsni jinoyatga guvoh bo‘lgan kurer ushlashga yordam bergan. Asli suriyalik bo‘lgan ushbu fuqaro yangi hujumning oldini olish maqsadida mashinasi bilan jinoyatchini turtib yuborgan.
OAVga ko‘ra, gumonlanuvchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan vaqtda skameykada yuzida tabassum bilan o‘tirgan holatda bo‘lgan.
Avvalroq Myunxenda namoyishchilarni avtomobil bosib ketilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida kamida 28 kishi jabrlangan. Bavariya bosh vaziriga ko‘ra, bu maqsadli hujum bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49
Mavzuga oid

20:56 / 30.05.2025
Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

18:16 / 29.05.2025
AQSh 13 yildan so‘ng Suriyadagi elchixonasini qayta ochdi

21:35 / 28.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?

18:19 / 28.05.2025