Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mashina boshqarib YTH sodir etgan o‘quvchi halok bo‘ldi
O‘quvchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan holda mashina haydab, boshqaruvni yo‘qotgan va YTH sodir etgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida mashina boshqargan maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etib halok bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2025 yil 12 fevral kuni soat 12:30 larda sodir bo‘lgan.
Jomboy tumanidagi 54-maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2007 yilda tug‘ilgan yigit tumanning Sherbuloq mahallasidan o‘tgan yo‘lda «Lasetti» mashinasini haydab, boshqaruvni yo‘qotgan.
Shunda mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan. Oqibatda yigit og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB YHXB boshlig‘i ishtirokida YTH sodir bo‘lgan maktabda muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda ota-onalarga bolalarga rul boshqaruvini topshirmaslik va ularni qarovsiz qoldirmaslik uqtirilgan.
Mavzuga oid
14:43
Samarqandda 16 qavatli bino sun’iy zilzila orqali sinovdan o‘tkazildi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026