Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
Ushbu tadbirkor uzoq yillar «Paxtakor» futbol klubi rahbari bo‘lgan, shuningdek, «O‘zbekiston» mehmonxonasiga egalik qilgandi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Tadbirkor, uzoq yillar «Paxtakor» futbol klubi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
17 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati va Sport vazirligi ishtirokida uchta sport federatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.
Jumladan, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi konferensiyasida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Choriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais o‘rinbosarlari, Kamoliddin Ro‘zmuhammedov esa bosh kotib lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi tadbirida «O‘zmilliybank» AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi. U bungacha O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi edi.

Alisher Mirsoatov o‘rniga Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Botir Rahimov 2001 yilda «Kapitalbank» xususiy bankini ochgan, uzoq yillar «Paxtakor» futbol klubiga rahbarlik qilib kelgan (2017 yilgacha), «O‘zbekiston» mehmonxonasi sobiq egasi. Shuningdek, moliya, sug‘urta, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab kompaniyalarga asos solgan.
2016 yilda u milliarder Alisher Usmonovning jiyani bo‘lgan Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonovaga uylangan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yamandagi harbiy amaliyot haqida ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi
Jahon | 12:45
-
Savdo urushidagi yangi operatsiya: Tramp avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etmoqda
Jahon | 12:32
-
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi
Iqtisodiyot | 12:11
-
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi yopildi
Jamiyat | 11:59
Mavzuga oid

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

18:31 / 11.03.2025