Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
“Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan startap loyihalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha venchur jamg‘arma tomonidan 2 milliard so‘mgacha investitsiya mablag‘lari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi:
- istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga – 500 million so‘mgacha;
- O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga – 1 milliard so‘mgacha;
- xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihaga – 2 milliard so‘mgacha.
Savdo-sanoat palatasi hamda joylardagi hokimliklar:
- Jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun shaxsan mas’ul etib belgilanadi;
- har chorakda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga takliflar kiritib boradi.
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
20:39 / 11.04.2026