Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi
Chiroqchi tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar holatni o‘rganib, tegishli jazo tayinlanganini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida o‘qituvchiga «noo‘rin so‘z ishlatgan» o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. Xabarda maktabning raqami keltirilmagan.
Qayd etilishicha, Chiroqchi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida 8 fevral kuni 8-sinf o‘quvchilari ingliz tili fani darsida ikki o‘quvchi orasida mojaro yuz bergan, ular o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. Shundan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilardan biriga sinfdan chiqib ketishni buyurgan. Ammo o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan, unga nisbatan «noo‘rin so‘zlar ishlatgan».
Ma’lumotda aytilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borilgan va pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Xabarda pedagoglar nimada ayblangani keltirilmagan.
Shu bilan birga maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ko‘rilgan choraning qanday ekani xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026