Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi
Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
● 2019/2020 o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
● 2020/2021 o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
● 2021/2022 o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
● 2022/2023 o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
● 2023/2024 o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;
● 2024/2025 o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
10:55 / 22.06.2026