Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
Fridrix Mers hukumatni tez shakllantirishga chaqirdi. Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols mag‘lubiyatini tan oldi va GSDPning Bundestag saylovlaridagi ko‘rsatkichini «achchiq natija» deb atadi.
Konservativ Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar (XDI/XSI) blokidan kanslerlikka nomzod Fridrix Mers «dunyo bizni kutmayapti», deya hukumatni imkon qadar tezroq tuzishga chaqirdi. Mers tegishli bayonotni 23 fevral, yakshanba kuni Bundestag saylovlarining norasmiy dastlabki natijalari ma’lum bo‘lganidan keyin berdi.
XDI/XSI 28,8 foiz ovoz oldi. Ikkinchi o‘rinni 20,2 foiz bilan o‘ta o‘ng «Germaniya uchun muqobil» (GuM) egallagan. Markaziy so‘l Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) 16,2 foizga ega. So‘l-liberal «Ittifoq-90»/«yashillar» 12,7 foiz, So‘l partiya 8,5 foiz ovoz oldi.
Germaniyaning navbatdagi kansleri bo‘lishga hozirlik ko‘rayotgan Mers: "Dunyo bizni kutmayapti, uzoq koalitsiya muzokaralarini ham kutmayapti", dedi.
Shols: GSDP uchun achchiq natija
Ayni paytda Germaniya vazirlar mahkamasining amaldagi rahbari Olaf Shols saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Bu «Sotsial-demokratik partiya uchun achchiq saylov natijasi», buni «aniq ko‘rsatish kerak», dedi Shols Berlinda.
«Bu saylov natijalari uchun men ham javobgarman», deb tan oldi kansler. U Mers va XDI/XSIi birinchi o‘rin bilan tabrikladi. «Biz demokratik mamlakatda yashayapmiz», deb ta’kidladi Shols raqiblarining g‘alabasiga ishora qilib. Shu bilan birga, u Germaniyada deyarli 20 foiz o‘ta o‘ng GuM uchun ovoz berganini qabul qilib bo‘lmas deb hisobladi. «Men hech qachon bunday natijani qabul qilmayman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, GSDP bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinda va federal saylovlar tarixidagi eng yomon natijasini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
21:16 / 27.04.2026
Ukraina YeI a’zosi bo‘lish uchun o‘z hududlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi – Mers
09:45 / 31.03.2026