Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple «Tramp» so‘zini «irqchi» bilan almashtirgan iPhone xatosini tekshiradi
Xatolik allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi va Apple bu muammoni rasman tan oldi.
iOS 18 operatsion tizimida kutilmagan xatolik aniqlandi: ovoz yordamida matn kiritishda iPhone qisqa muddatga «Tramp» so‘zini «irqchi» so‘z bilan almashtirishi mumkin va aksincha «irqchi» so‘zini «Tramp» bilan almashtirmoqda.
Xatolik allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi va Apple bu muammoni rasman tan oldi va fonetik ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligini bildirdi. Biroq, ba’zi ekspertlar xatolik nosozlik yoki hatto tizim kodini ataylab o‘zgartirishga asoslanganini istisno qilmaydi.
Siri jamoasining sobiq a’zosi Jon Berkli The New York Times gazetasiga bergan intervyusida muammo Apple serverlaridagi yangilanishdan keyin paydo bo‘lganini aytdi. Ehtimol, kimdir ataylab shunday algoritmni kodga yoki mashina o‘rganishi uchun ma’lumotlarga yozib qo‘ygandir: «Bu shafqatsiz hazilga o‘xshaydi. Yagona savol: kimdir buni ma’lumotlarga kiritdimi yoki kodga kiritdimi?».
Ammo Apple hali ham xatolikni ikki so‘zning fonetik o‘xshashligi bilan izohlamoqda.
Avvalroq, Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i o‘zini va Trampni eng katta yolg‘onchilar deb atagan edi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026