Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi
Qotillik sabablari ma’lum emas.
Toshkent viloyati, Chinoz tumanida erkak o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun davomida uyda saqladi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, hodisa 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. 26 yoshli erkak do‘stlariga telefon qilib, o‘z opasini o‘ldirgani haqida aytgan. Do‘stlari hazillashyapti, deb o‘ylab, uning uyiga borgan. Shunda 30 yoshli ayolning jasadi topilgan.
Aniqlanishicha, murda bir hafta uyning balkonida saqlangan. Erkak uni gilamga o‘rab qo‘ygan.
Qotillik sabablari ma’lum emas.
Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, oila yaxshi xulqli bo‘lgan. Eridan ajrashgan marhum ayol 2 farzandi bilan ajrashib, onasi va ukasi bilan birga yashagan.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026