Jahon | 17:00 / 28.02.2025
2756
2 daqiqa o‘qiladi

Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

U Qo‘shma Shtatlarga ko‘p miqdorda kokain, metamfetamin, fentanil va geroinni olib kirganlikda ayblanmoqda.

Foto: Reuters

Meksika «Gvadalaxara karteli» asoschisi sanalgan narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi. U bilan birga Meksikaning turli qamoqxonalarida saqlangan kartelning 28 nafar a’zosi ham ekstraditsiya qilindi. Ekstraditsiya qilinganlar orasida 2022 yilda Shimoliy Karolina sherifi o‘rinbosarining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan Martin Sotelo ham bor.

«Ushbu shaxslar Qo‘shma Shtatlarga ko‘p miqdorda zaharli moddalar, jumladan, kokain, metamfetamin, fentanil va geroinni olib kirishda hamda ular bilan bog‘liq zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda», deyiladi AQSh Adliya vazirligi bayonotida.

Kintero 1985 yilda AQSh Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agenti Enrike Kamarena Salazarni o‘g‘irlash, qiynoqqa solish va o‘ldirishni uyushtirganlikda ayblanib, 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Narkobaron 28 yilni panjara ortida o‘tkazgandan so‘ng 2013 yilda ozodlikka chiqarildi. Keyinroq Meksika Oliy sudi ozod qilish haqidagi qarorni bekor qildi.

AQSh FTB ma’lumotlariga ko‘ra, qamoqxonani tark etgach, Kintero «Sinaloa karteli» rahbarlaridan biriga aylandi. 2022 yil iyul oyida narkobaron Meksika harbiy-dengiz kuchlarining operatsiyasida qo‘lga olindi. Jarayon paytida harbiy vertolyot halokatida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi.

Rafael Karo Kintero 2018 yilda Netflix tomonidan namoyish etilgan «Narko» seriali qahramonlaridan biri.

Mavzuga oid

E`lonlar

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi