Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi
Xalqaro sudning oldingi raisi Navaf Salom Livan bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bois iste’foga chiqqan edi.
Yudzi Ivasava BMT Xalqaro sudining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda sud o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
«Sudya Ivasava Yudzi (Yaponiya) bugun 2025 yil 14 yanvar kuni Navaf Salom raislik lavozimidan iste’foga chiqqani bois BMT Xalqaro sudi raisi etib saylandi», — deyiladi xabarda.
Ivasava — 2018 yil 22 iyundan beri BMT Xalqaro sudi a’zosi. Bunga qadar u Tokio universitetida xalqaro huquq professori va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
BMTning Xalqaro sudining oldingi raisi Navaf Salom Livan bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bois iste’foga chiqqandi. Uning BMT sudi raisi lavozimidagi vakolatlari 2027 yil 5 fevralda tugashi kerak edi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026