O‘zbekiston | 11:33 / 03.03.2025
1322
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xorvatiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Zagreb shahrida Xorvatiya Mehnat, pensiya, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish, Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi departamenti, Yevroosiyo va Okeaniya bo‘yicha direktori Dunya Sichay, Yevropa parlamenti deputati Karl Ressler bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, bo‘lajak o‘zaro tashriflar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi bitimlarni ishlab chiqish va tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, tomonlar mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Mazkur muzokaralar mehnat migratsiyasi sohasida sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda turli darajalardagi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid