Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi
Unda qat’iy budjet qoidalarini to‘xtatib turish, natijada YeI mamlakatlariga mudofaa xarajatlarini oshirishga imkon berish nazarda tutilgan.

Foto: AP
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen mudofaani kuchaytirish, Yevropani qayta qurollantirishni nazarda tutuvchi «Rearm Europe» rejasini tayyorladi, uning doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari kelgusi yillarda harbiy xarajatlar uchun 800 milliard yevrogacha mablag‘ ajratishi lozim.
«Yevropa qisqa muddatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash talabiga javob berish, shuningdek, uzoq muddatda Yevropa xavfsizligini ta’minlash uchun mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishga tayyor», dedi u Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlariga besh banddan iborat rejani topshirganini aytdi. Hujjat matni hali e’lon qilinmagan, biroq Euractiv undan parchalarni keltirdi:
- qat’iy budjet qoidalarini to‘xtatib turish, natijada mamlakatlarga mudofaa xarajatlarini oshirishga imkon berish;
- havo hujumidan mudofaa tizimlari, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa qurollarni, shu jumladan Ukraina uchun sotib olish va kiberxavfsizlikni mustahkamlash uchun 150 milliard yevro kredit jalb qilish;
- mamlakatlar mudofaa xarajatlarini oshirish uchun dasturlardan foydalanishni tanlasa, ularga «qo‘shimcha imkoniyatlar va imtiyozlar» taklif qilish;
- YeI jamg‘arma va investitsiyalar ittifoqi va Yevropa investitsiya banki orqali xususiy kapitalni jalb qilish.
2024 yilda Yevropa Ittifoqining mudofaa xarajatlari 326 milliard yevroga yetdi. Bu YeI yalpi ichki mahsulotining 1,9 foizini tashkil etdi.
Ursula fon der Lyayyenning takliflari AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga barcha harbiy yordamni muzlatish haqida buyruq bergani haqida xabar tarqalganidan bir necha soat o‘tib paydo bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqining 23 a’zosini o‘z ichiga olgan NATO davlatlari hozir yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa xarajatlariga yo‘naltirishni muhokama qilmoqda. Qaror shu yilning yozida Haagadagi sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi

18:41 / 02.06.2025
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi

15:36 / 02.06.2025