CNN: Tramp jamoasi Zelenskiy bilan yashirin muzokaralar o‘tkazdi
Ukraina prezidentini ko‘ndirishga Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham yordam bergan. Muzokarada ishtirok etganlar orasida Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ham bor.

Foto: AP
Donald Tramp ma’muriyati amaldorlari Oval kabinetdagi tortishuvdan keyin «Oq uy bilan munosabatlar barqarorlashuvi muhimligini ta’kidlash uchun» Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan yashirin muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda CNN o‘zining ikki manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokarada ishtirok etganlar orasida Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ham bor. Tramp ma’muriyati vakillari ukrainaliklarni nodir metallar bo‘yicha bitimni «iloji boricha tezroq» — AQSh prezidenti kongressda chiqish qilguniga qadar qayta tiklashga chaqirgan.
The Times’ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Ukraina prezidentini ko‘ndirishga Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham yordam bergan. Nashr suhbatdoshlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 4 mart kuni Starmer Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot davomida u Zelenskiyga «Tramp eshitishni istayotgan ba’zi narsalar borligini», jumladan, Zelenskiy Oval kabinetdagi uchrashuvni noto‘g‘ri o‘tkazganini tan olishini xohlayotganini yetkazgan.
Shundan keyin Zelenskiy Oq uydagi uchrashuv «kutilganidek o‘tmagani» aytilgan postni yozdi va afsusda ekanini bildirdi. «Bunday bo‘lganidan afsusdaman. Barchasini to‘g‘irlash vaqti keldi. Kelgusi hamkorlik va muloqot konstruktiv bo‘lishini istaymiz», — deb yozgan Zelenskiy.
Nodir metallar to‘g‘risidagi bitim 28 fevral kuni imzolanishi kerak edi, ammo Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi vaqtida Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens o‘rtasida tortishuv yuz berdi. Shundan keyin Zelenskiy Oq uyni muddatidan oldin tark etdi.
Bir necha kundan keyin Tramp Ukraina bilan nodir metallar bo‘yicha bitim «o‘lmagani», ammo Volodimir Zelenskiy Amerika Ukrainaga bergan barcha narsaga «minnatdor» bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
4 mart kuni Reuters o‘z manbalariga tayanib, AQSh va Ukraina bitimni imzolashga tayyorlanayotganini, Tramp bu haqda kongressga murojaatida ma’lum qilmoqchi ekani haqida yozdi. Ammo Tramp 5 mart kuni o‘tkazilgan chiqishi davomida bitimni imzolashga tayyorligi haqida gapirmadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

20:11 / 31.03.2025
Muzokaralarda siljish bo‘lmayotgani Trampni g‘azablantirmoqda

18:15 / 31.03.2025
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi

17:11 / 31.03.2025
Kreml Trampning Putindan «jahli chiqqani» haqidagi iddaolarga javob qaytardi

11:01 / 31.03.2025