Xushlanmagan Temu: O‘zbekiston uni bloklashga qaror qildi
O‘zbekiston Xitoydan arzon tovarlar yetkazib beruvchi Temu platformasiga sanksiya kiritdi. 20 martdan boshlab mamlakatda Temu sayti va ilovasi bloklanadi. Aholiga bu platformada buyurtma bermaslik, hali yetib kelmagan tovarlar uchun to‘lovni esa qaytarib olish tavsiya etilmoqda.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qo‘mitasi e’lon qilgan bu yangilikka Vazirlar Mahkamasining 2024 yil oxiridagi qarori asos qilib olingan. Bu qaror bilan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlangan. Rasmiylar bu taqiq iste’molchilar manfaatini ko‘zlab joriy etilganini aytmoqda.
Xususan, Soliq qo‘mitasining 4 mart kungi bayonotida aytilishicha, Temu platformasi O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsga doir ma’lumotlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonunlarga rioya qilmayapti.
Marketpleyslar sohasi regulyatori – Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ma’lum qilishicha, Temu yo O‘zbekistonga kelib, shu yerda o‘z shu’basini ochishi, yoki soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tib, QQS to‘lovchisiga aylanishi kerak. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili o‘zbekistonliklar Temu'dan jami 10 mln dollardan ortiq narxdagi tovarlarni xarid qilishgan.
Eng arzon marketpleys
Temu marketpleysi favqulodda arzon narxlar bilan ko‘plab mamlakatlar bozoriga katta tezlikda kirib borgan. Kompaniya narxlarni maksimal tushirish, xarajatlarni qisqartirish uchun “ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri xaridorga” tamoyili asosida ishlaydi. Bu logistika va ombor xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, bozorni egallash maqsadida demping – narxlarni sun’iy ravishda pasaytirish strategiyasi ham qo‘llanadi. Kompaniyaning demping maqsadidagi investitsiyalari yiliga bir necha milliard dollarga baholanadi.
Temu'ning O‘zbekistonga faol e’tibor qarata boshlashi 2024 yilning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keldi. Sentyabr boshida boshlangan agressiv reklama kampaniyasidan atigi bir necha kun o‘tib, 8 sentabrda Temu ilovasi mamlakatda eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylandi. Bu yutuqqa erishishda platformaning asosiy quroli – juda arzon narxlar va ijtimoiy tarmoqlardagi targetli reklamalar bo‘ldi.
Temu bor-yo‘g‘i 2022 yilda tashkil etilgan yangi kompaniya bo‘lsa-da, ikki yil ichida jahon bo‘ylab o‘nlab bozorlarga kirib ulgurgan. Har bir yangi bozorda u bir xil strategiya qo‘llaydi: reklama va marketingga katta mablag‘ sarflaydi. Masalan, 2023 yilda Temu'ning global reklama xarajatlari 2 mlrd dollarga yetgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 6 mlrd dollarga chiqishi kutilgan edi. Bunday ulkan sarmoya hatto rivojlangan bozorlar uchun ham katta miqdor sanaladi.
Bungacha Indoneziya va Vetnam ham mahalliy korxonalarni dempingdan himoya qilish uchun Temu faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklovlar kiritgan edi. Turkiya esa Temu'ning kirib kelishi mahalliy Trendyol marketpleysiga katta zarba bo‘lgani ortidan, xorijiy platformalardan onlayn xaridlarga bojlarni 60 foizgacha oshirib qo‘ygan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanadada Temu'ga qarshi qaratilgan ayblovlar bo‘yicha huquqiy jarayonlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
Jahon | 19:50
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
Mavzuga oid

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi

14:36 / 23.05.2025
Bank of Georgia rossiyaliklarning lyuks do‘konlardagi xaridlarini chekladi

10:22 / 23.05.2025