Tovarlar, xizmatlar va ishlarga eksklyuziv huquqlar kimlarga beriladi?
Prezident tomonidan «Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.
2025 yil 1 apreldan boshlab eksklyuziv huquq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash;
- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish.
Ma’lumot uchun: Mulkchilik shaklidan qat’i nazar bir yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va davlat tashkilotlariga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish) yoki sotish yoxud sotib olish, shuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etiladi:
- qonunchilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);
- umumiy tartibdan tashqari ravishda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma). Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

11:31 / 26.12.2024
Qozog‘istonda huquqlari buzilgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

08:30 / 01.10.2024
Uch yilda 2 mingdan ortiq fuqaro ota-onalik huquqidan mahrum qilindi

08:10 / 23.09.2024
Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari mustahkamlanadi

09:30 / 21.09.2024