Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAV faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan boğliq huquqiy normalar belgilanişini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, qarindoşining sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qiliş va uni ötaş çoğida fuqarolarning huquqlarini çeklaş uçun asos bölişi mumkin emasligi belgilanmoqda.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, tadbirkorlik sub’yektlari qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga va öz faoliyati yönalişlarini mustaqil ravişda tanlaşga haqliligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

















