Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulligi fevral oyida Perm o‘lkasining Osa rayonida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
22 fevral kuni kuni tongda Rossiyaning Perm o‘lkasida ro‘y bergan YTHda O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lib, yana 3 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
YTH Osa rayonida «Osa — Chernushka» trassasida davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan Lada Largus va SIMAZ rusumli avtobus ishtirokida ro‘y bergan. Yengil avtomobildagilarning ikki nafari voqea joyida, uchinchisi shifoxonada vafot etgan.
Yana uch nafar o‘zbekistonlik turli darajadagi tan jarohatlari bilan Perm o‘lkasining Osa markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan va hozirda tibbiy muolajalar olmoqda.
Qayd etilishicha, holat bosh konsulxona nazoratiga olingan bo‘lib, vafot etganlarning jasadlarini tezkor ravishda qaytarish ishlari yakunlangan va jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatib kelinmoqda.
Perm o‘lkasi davlat avtoinspeksiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Lada Largus avtomobili ikkinchi darajali yo‘ldan chiqayotganda asosiy yo‘ldagi avtobusni o‘tkazib yubormagan.

Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026