AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi
U 2024 yilda Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da terakt uyushtirgan shaxslarga Kalashnikov avtomati va boshqa qurollardan qanday foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatma berib kelgan.

Foto: FBI
AQSh hukumati IShID terrorchilik tashkiloti a’zosi Muhammad Sharifullohni qo‘lga oldi. Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, u «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan terakt ijrochilariga ko‘rsatma berib kelganini tan olgan.
Muhammad Sharifulloh 2021 yil 2 mart kuni Kobuldagi teraktni tashkillashtirgani uchun ushlangan. So‘roq davomida u «IShID-Xuroson» terrorchilik guruhi nomidan teraktga aloqador shaxslarga Kalashnikov avtomati va boshqa qurollardan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berganini tan olgan. Shuningdek, Sharifulloh hibsga olingan ikki jangarini tanib, ularga o‘zi ko‘rsatmalar berganini bildirdi.
3 mart kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastirkin «Krokus Siti Xoll»dagi teraktga aloqador jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanganini ma’lum qildi. Tergov salkam bir yil davom etdi.
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da 2024 yil 22 mart kuni kechqurun terakt sodir etilgandi. Hodisa oqibatida 145 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq tashrif buyuruvchi jarohatlangan. Terakt ishi doirasida 11 kishi hibsga olingan.
Fevral oxirlarida «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchilarning uch nafari Dog‘istonning Kaspiysk shahrida yana bir hujumni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

08:37 / 25.04.2025