Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg
Shuningdek, Kreml Ukrainaga Xitoy yoki boshqa «neytral» davlatlar tinchlikparvar kuchlarini yuborilishini istamoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda rozi bo‘lishga tayyor, deb yozdi Bloomberg Moskvadagi manbalarga tayanib.
Ularga ko‘ra, Kreml taklifi Amerika delegatsiyasiga fevral oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida yetkazilgan.
Putinning fikriga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun bo‘lajak tinchlik kelishuvi tamoyillari, shuningdek, mojaro hududiga yuboriladigan tinchlikparvar missiyasi haqida aniq tushuncha bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydi Bloomberg manbalari.
Moskva tinchlikparvar kontingentda qatnashadigan davlatlarni tanlashni talab qilmoqda. Xususan, Kreml Xitoy yoki boshqa «neytral» davlatlar tinchlikparvar kuchlarini yuborishiga qarshi emas.
Yevropalik tinchlikparvar kuchlarning ishtiroki Rossiya uchun ma’qul emas, bu haqda Rossiya rasmiylari o‘tmishda bir necha bor ta’kidlagan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026