Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi
Bu mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan keladigan migrantlar oqimini kamaytirishga xizmat qiladi. Yangi konstruksiyaning umumiy uzunligi 8,5 kilometrni tashkil etadi.
Turkiya yangi xavfsizlik choralari doirasida Gretsiya bilan chegarada devor qurishni boshladi, deb xabar beradi Kazinform.
Ushbu qaror Turkiyaning o‘z chegaralari ustidan nazoratni kuchaytirish siyosatida muhim qadam bo‘ldi. Mamlakat g‘arbidagi yangi konstruksiyaning umumiy uzunligi 8,5 kilometrni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, mazkur chora migratsiya oqimi ustidan nazoratni kuchaytirish va noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashga qaratilgan. Panjara va devorlarning qurilishi mintaqadagi xavfsizlikni kuchaytiradi, shuningdek, chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Loyiha qo‘shni mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy sharoit tufayli Turkiyaning g‘arbiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tish holatlari ortganidan keyin ishga tushirilgan.
Mamlakat hukumati chegaradagi devorlar kontrabanda va boshqa noqonuniy harakatlarning ham oldini olishga yordam berishini ta’kidlamoqda. Edirne shahri meri Yunus Sezerning ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning sentabrida 325 kilometrlik chegaraoldi yo‘llarini obodonlashtirish va qurish ishlari yakunlangan. Joriy yilda Turkiya Ichki ishlar vazirligi va Milliy mudofaa vazirligi qo‘llab-quvvatlovi bilan optik-elektron minoralar va boshqa texnik vositalarni qurish ishlari davom ettiriladi.
«Oldinlari g‘arbiy chegarada faqat patrul marshrutlari bo‘lar edi. Hozirda partul yo‘llarini qurish yakunlandi va sharqiy chegarada bo‘lgani kabi bu yerda ham ma’lum miqdorda devorlar quramiz», — deydi mer.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026