Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi
Starlink xizmatidan Kiyevga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanilmaydi, deb va’da qildi Ilon Mask Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski bilan X'dagi og‘zaki munozara davomida.

Foto: SpaceX / Global Look Press
Amerikalik milliarder Ilon Maskning aytishicha, Starlink sun’iy yo‘ldosh xizmati Ukrainada ishlashda davom etadi. Bu haqda u 9 mart, yakshanba kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski va AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida bahs kelib chiqqan X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Dastlab milliarder o‘zining Starlink tizimi «Ukraina armiyasining tayanchi» ekanligini va agar xizmat o‘chirilgan bo‘lsa, Ukraina fronti butunlay qulab tushishini ta’kidlagan. Bunga javoban Polsha tashqi ishlar vaziri Sikorski Starlink to‘lovi Ukraina uchun Polsha raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi va Varshavaga yiliga 50 million dollarga tushishini bildirib o‘tdi. «Agar SpaceX ishonchsizligini isbotlasa, biz boshqa yetkazib beruvchilarni izlashga majbur bo‘lamiz», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Starlink Kiyevga bosim vositasiga aylanmaydi
Mask Sikorskining izohiga keskin javob qaytardi: «Jim bo‘l, kichkina odamcha. Siz xarajatning faqat bir qismini to‘layapsiz. Starlink o‘rnini hech narsa bosa olmaydi». Keyinchalik u Kiyev siyosatidan norozi ekaniga qaramay, Ukrainadagi Starlink terminallarini o‘chirmasligini va bundan bosim vositasi sifatida foydalanmasligini ta’kidlagan yana bir post yozdi.
X'da Mask va Sikorski o‘rtasidagi janjalga AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham qo‘shilib, ikkinchisini yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi. «Hech kim Starlink'ni Ukraina uchun o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qilmagan. Siz rahmat aytishingiz kerak edi. Starlink bo‘lmaganida, Ukraina urushda allaqachon mag‘lub bo‘lgan bo‘lardi va rus qo‘shinlari allaqachon Polsha bilan chegarada turgan bo‘lar edi», dedi Rubio.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

01:11
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

15:05 / 31.03.2025
Bayden davrida Ukraina va AQSh o‘rtasida qanday bahslar bo‘lgan? NYT surishtiruvidan asosiy gaplar

08:51 / 31.03.2025
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi

08:13 / 31.03.2025